Специальные возможности
22:44:02  (GMT+0500) 23:06:2025  

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rais

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi

Qabul kuni: Dushanba - Juma

Qabul vaqti: 8:00-11:00

Qabul quyidagi manzil bo'yicha amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Toytepa ko'chasi, 2A.

Tel.: (99871) 207-07-07 (ichki # 1001)

Elektron pochta: info@uznature.uz

Tarjimai hol:

 

Vazifalari:

- Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

- o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining ayrim uchastkalari, hududiy organlar va mansub tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;

- Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini, hududiy organlar nizomlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va bo‘linmalarning nizomlari, ustavlari va ularning tuzilmalarini tasdiqlaydi;

- Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi;

- Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek hududiy organlar, mansub tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;

- qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

- Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi, buyruqlar chiqaradi, shuningdek topshiriqlar beradi;

- Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi masalalarni hal etadi, Davlat ekologiya qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;

- O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan vakillik qiladi; 

- Davlat ekologiyasi qo‘mitasi Hay’ati majlislariga raislik qiladi;

- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.